Ukrainaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha konsensus yo‘q – “Reuters”

Olam

image

NATOga a’zo davlatlar bugun, 3 dekabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan ittifoq mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida Ukrainani o‘z saflariga taklif qilish bo‘yicha qaror qabul qilishlari dargumon. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari diplomatlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, NATOga a’zo 32 davlat o‘rtasida Ukrainaning a’zoligi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan kelishuv belgisi yo‘q. Xususan, agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyati va Germaniya hukumati hozir buning uchun to‘g‘ri vaqt emas, deb hisoblamoqda.

Anonim qolishni istagan yuqori martabali diplomat “konsensusga erishish uchun haftalar va oylar kerak” degan fikrni bildirdi.

“Reuters” Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga NATOni 3-4 dekabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan vazirlar yig‘ilishida mojaroning tugashini kutmasdan, Ukrainani alyansga a’zo bo‘lishga taklif qilishga chaqirgani haqida xabar bergan.

2022 yil sentyabrida Ukraina tezlashtirilgan asosda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. 2023 yil iyulida bo‘lib o‘tgan Vilnyus sammitida alyans Ukrainani a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasini amalga oshirmasdan, istisno asosida qabul qilishini aytdi.

Joriy yilning iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan sammitda Ukrainaga qabul qilish istiqbollarini ko‘rsatmasdan turib, qo‘llab-quvvatlash kafolati sifatida yiliga 40 milliard dollar harbiy yordam va’da qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing