Turkiya Ukrainaning Rossiyaga qarshi kurashini qadrlaydi – Erdo‘g‘an Rossiya kemalari uchun bo‘g‘ozni yopish haqida

Olam

image

Turkiya, bo‘g‘ozlarda kemalar harakati bilan bog‘liq Montryo konvensiyasi tomonidan berilgan vakolatlardan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan tarzda foydalanishga qaror qildi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an respublika Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha telemurojaatida aytib o‘tgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara mintaqada “tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘p qirrali diplomatik tashabbuslarni” davom ettirmoqda. 

Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qabul qilib bo‘lmas deb bilishini va Ukraina rahbariyati va xalqi olib borayotgan kurashni qadrlashini ta’kidlagan. 

Davlat rahbari bugungi kunga qadar 5 ming nafar turk fuqarosi Ukraina hududini tark etib, o‘z vataniga qaytgani va boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tganini aytgan.

“Mavjud so‘rovlarga muvofiq evakuatsiya jarayonlarini davom ettiramiz”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident. 

U mavjud vaziyatga izoh berar ekan, “O‘lkamiz oxirgi paytlarda duch kelgan barcha qiyinchiliklar kabi Qora dengiz shimolidagi inqirozni ham yengib o‘tishimizga hech kim shubha qilmasligi kerak”, deb ta’kidlagan. 

Shuningdek, davlat rahbari, o‘z nutqida Turkiya milliy manfaatlaridan voz kechmasligini, shu bilan birga mintaqaviy va global muvozanatni ham e’tibordan chetda qoldirmasligini qayd etgan. 

Prezident so‘zi yakunida Anqara o‘zi a’zo bo‘lgan institutlar va ittifoqlar, birinchi navbatda, BMT, NATO va Yevropa Ittifoqi doirasidagi majburiyatlarini doimo so‘zsiz bajarib kelganini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 fevral kuni rasmiy Anqara Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini urush deb atadi hamda Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari bo‘yicha Montryo konvensiyasining tegishli qoidalariga murojaat qilishini ma’lum qildi. 

Montrö konvensiyasi

Ma’lumot uchun, Montrö konvensiyasi Shveysariyaning Montrö  shahrida 1936 yil 22 iyun – 21 iyulda bo‘lib o‘tgan Qora dengiz bo‘g‘ozlari rejimi bo‘yicha konferensiyada qabul qilingan Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari ustidan Qora dengizdan O‘rta er dengizigacha bo‘lgan Turkiya suverenitetini tiklagan konvensiyadir. 

Ushbu konvensiya konvensiyasi barcha mamlakatlarning savdo kemalari uchun tinch va urush davrida bo‘g‘ozlardan o‘tish erkinligini saqlab qoladi. Biroq, konvensiya Qora dengiz va Qora dengizga tegishli bo‘lmagan davlatlar flotlari uchun harbiy kemalarning o‘tishi uchun boshqa rejimni belgilaydi. Turkiya hukumatini oldindan ogohlantirgan holda, Qora dengiz davlatlari tinchlik davrida istalgan sinfdagi harbiy kemalarini bo‘g‘ozlardan o‘tkazishlari mumkin.
Qora dengizga tegishli bo‘lmagan kuchlarning harbiy kemalari uchun sinf (faqat kichik sirt kemalari o‘tadi) va tonnaj bo‘yicha jiddiy cheklovlar joriy etilgan. 
Qora dengizga tegishli bo‘lmagan davlatlarning Qora dengizdagi harbiy kemalarining umumiy tonnaji 21 kundan ortiq bo‘lmagan holda 30 ming tonnadan (Qora dengiz mamlakatlari dengiz kuchlari ko‘paygan taqdirda bu maksimal miqdorni 45 ming tonnagacha oshirish imkoniyati bilan) oshmasligi kerak.

Konvensiyaga ko‘ra, Turkiya urushda ishtirok etgan taqdirda, shuningdek, agar Turkiya o‘zini bevosita urush tahdidi ostida deb hisoblasa, har qanday harbiy kemalarning bo‘g‘ozlardan o‘tishiga ruxsat berish yoki taqiqlash huquqiga ega. Konvensiya 29 ta modda, 4 ta ilova va bitta protokoldan iborat. 2-7-moddalar savdo kemalarining o‘tishi bilan bog‘liq. 8-22-moddalar harbiy kemalarning o‘tishi bilan bog‘liq. O‘tish va suzish erkinligining asosiy prinsipi 1 va 2-moddalarda bayon etilgan.

1-moddada shunday deyilgan: 

“Ahdlashuvchi Oliy Tomonlar bo‘g‘ozlarda dengiz orqali o‘tish va suzish erkinligi prinsipini tan oladilar va tasdiqlaydilar”. 

2-moddada shunday deyilgan: 

“Tinchlik davrida savdo kemalari har qanday turdagi yuklar bilan har qanday bayroq ostida tunu-kun bo‘g‘ozlarda to‘liq o‘tish va suzish erkinligidan foydalanadilar”.

Xalqaro bo‘g‘ozlar komissiyasi tugatilib, Turkiyaning bo‘g‘ozlarda harbiy nazoratini to‘liq tiklash va Dardanel bo‘g‘ozini qayta taqsimlash imkonini berdi. Turkiya urush paytida yoki tajovuz tahdidi ostida bo‘lgan barcha xorijiy harbiy kemalar uchun bo‘g‘ozlarni yopish huquqiga ega edi. Shuningdek, Turkiya bilan urushayotgan mamlakatlarga tegishli savdo kemalarining tranzitini rad etishga ruxsat berildi. Konvensiya Lozanna konvensiyasida ko‘zda tutilgan bo‘g‘ozlar bo‘yicha xalqaro komissiyani uning funksiyalarini Turkiya hukumatiga topshirish bilan tugatdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing