Erdo‘g‘an va Ryutte Ukraina va G‘azodagi urushni muhokama qildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 25 noyabr kuni Anqarada NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida Ukraina va G‘azodagi mojarolarni tartibga solish, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilindi. Bu haqda Turkiya yetakchisi ma’muriyati ma’lum qildi.

"Uchrashuvda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush, Falastindagi qirg‘inga barham berish istiqbollari, terrorizmga qarshi kurashda qo‘shma qadamlar va Turkiyaning 2026 yilda NATO sammitiga mezbonlik qilishi muhokama qilindi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yig‘ilish kun tartibiga NATO ittifoqchilari va Turkiya o‘rtasida mudofaa sanoati uchun mahsulot xarid qilishda birdamlik masalalari ham kiritilgan.

Yig‘ilishda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, Mudofaa vaziri Yashar Guler, Prezident ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun va Erdo‘g‘anning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich ishtirok etdi.

O‘z navbatida, Ryutte X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida muzokaralar yakunlari bo‘yicha Turkiya Prezidenti bilan “kollektiv xavfsizlikka ortib borayotgan muammolar, jumladan, terrorizm tahdidi, Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi inqirozni” muhokama qilganini yozdi.

Uning ta’kidlashicha, “borgan sari oldindan aytib bo‘lmaydigan dunyoda Turkiya NATOga bebaho hissa qo‘shmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan ilk uchrashuvini Trampning Floridadagi qarorgohida o‘tkazgan, tomonlar alyans oldida turgan global xavfsizlik masalalarini muhokama qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Mark Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing