Turkiya Isroil bilan barcha aloqalarni uzdi – Erdo‘g‘an
Olam
−
13 noyabr
4835Turkiya Isroil bilan barcha aloqalarni uzdi va ularni tiklash niyatida emas. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashriflaridan qaytayotganda samolyotda jurnalistlar bilan qilgan suhbatida so‘z ochdi.
“Biz Turkiya davlati va hukumati sifatida ayni paytda Isroil bilan aloqalarni uzdik. Hozirgi kunda bizning Isroil bilan hech qanday aloqamiz yo‘q. Kelajakda uni yaxshilash uchun ham hech qanday qadam tashlamaymiz”, dedi Erdo‘g‘an.
Uning bildirishicha, Turkiya xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan choralarni ko‘rishga harakat qilib, Isroilga bosim o‘tkazish ustida ishlamoqda. Shuningdek, Anqara Falastinning ittifoqchisi bo‘lib qoladi.
“Turkiya Isroilning jinoyatlariga eng qat’iy javob berayotgan davlat bo‘lib, bunga savdo aloqalarini to‘xtatishni ham kiritgan”, dedi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Turkiya G‘azo sektoridagi SAXAL harbiy amaliyoti tufayli Isroildan mahsulot olib kirish va eksport qilishni butunlay to‘xtatgan edi. Shuningdek, avvalroq Turkiya Mudofaa vaziri Yashar Guler Isroil Turkiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid solishi mumkinligi haqida qattiq ogohlantirgandi.
LiveBarchasi