Turkiya Ukrainada “Bayraktar" ishlab chiqarishdan bosh tortdi – OAV
Texnologiya
−
25 Oktabr 2022
14589Ukraina nafaqat Turkiyaning “Bayraktar TB2” hujumchi dronlarisiz, balki ularni ishlab chiqaradigan zavodsiz ham qoladi. “Voyennoye obozreniye” internet nashrining Kiyevdagi manbalarga tayanib xabar berishicha, kompaniya Ukraina hududida uchuvchisiz harbiy uchoqlar ishlab chiqaruvchi korxona qurishdan bosh tortgan.
“Joriy yilning avgust oyi oxirida Kiyevda ular turk dronlarini ishlab chiqaradigan kelajakdagi zavod qurilishini faol muhokama qilishdi, Ukraina Qurolli Kuchlarini uchuvchisiz samolyotlar bilan to‘ldirish va ularni xorijga sotish rejalari ishlab chiqildi.
Kompaniya bosh direktori Haluk Bayroqdor Kiyev bilan strategik hamkorlik va zavod qurilishiga tayyorligini ma’lum qildi. Biroq, sentyabr oyida bu haqdagi gaplar susaydi va bu mavzu qandaydir tarzda Ukraina matbuoti sahifalarini tark etdi”, deb yozmoqda nashr.
Qayd etilishicha, zavod qurilishi va Qurolli Kuchlarga “Bayraktar TB2” dronlarini yetkazib berishda hammasi yaxshi emasligining dastlabki belgilari shu oyda paydo bo‘lgan. Avvaliga turklar Ukrainaga zarba beruvchi dronlarni yetkazib berishni qisqartirishga qaror qilgani haqida mish-mishlar tarqaldi, keyin mish-mishlar umuman mish-mish emas, aksincha, ishonchli ma’lumotlar bo‘lib chiqqan.
Nashrning yozishicha, Ukraina Prezidenti devonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya zarba beruvchi dronlarni yetkazib berishni sezilarli darajada kamaytirmoqda.
Tushuntirilganidek, bu Putin bilan gaz markazini yaratish bo‘yicha kelishib olgan Erdo‘g‘anning talabi ekani aytiladi. Bitim bandlaridan birida Kiyevga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berish to‘xtatilishi aytilgan. Shuningdek, bunga sabab Ukrainaning turk dronini juda yomon, antireklama qilgani, qisqa vaqt ichida ularning katta qismini yo‘qotgani bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 3 fevral kuni Kiyevga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida sakkizta davlatlararo hujjat, jumladan, Ukrainada Bayraktar” dronlarini ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatish zavodini qurish imkonini beradigan yuqori texnologiyalar, aviatsiya va kosmik sohalardagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. 19 iyul kuni Ukraina hukumati Turkiya bilan kelishuvni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. 8 avgust kuni Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar “Baykar” Ukrainadan zavod qurish uchun yer sotib olganini aytdi.
Joriy yilning avgust oyida “Baykar Makina” kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayroqdor BBC-rus xizmatiga bergan intervyusida Turkiyaning “Baykar Makina” kompaniyasi “Bayraktar” jangovar uchuvchisiz uchish apparatlarini Rossiyaga yetkazib berishi mumkin emasligi, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Haluk Bayroqdorni I darajali “Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi. Oktyabr oyi boshida esa uchuvchisiz samolyotlarning muallifi – Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayroqdorni III darajali “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.
LiveBarchasi