Turkiya Ukraina g‘allasining noqonuniy savdosiga qarshi – Chavusho‘g‘li
Olam
−
23 iyun 2022
5444Turkiya Ukraina portlaridan don eksportini amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi va BMTning rejasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li bugun, 23 iyun kuni Anqarada britaniyalik hamkasbi Liz Trass bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara oziq-ovqat muammosini imkon qadar tezroq hal qilish uchun harakat qilmoqda.
Chavusho‘g‘li Turkiyaning bu mavzuda ham Rossiya, ham Ukraina bilan faol muzokaralarni davom ettirayotganini qayd etdi.
“Agar Istanbulda kelishuvga erishilsa, monitoring markazi, shuningdek, bevosita Ukraina suvlaridan tashqarida “xavfsizlik zonasi” tashkil etiladi”, deydi turk vaziri.
Shu bilan birga, u Turkiya Ukraina g‘allasi yoki boshqa mahsulotlarning har qanday davlat, jumladan Rossiya tomonidan noqonuniy sotilishiga qarshi ekanini ta’kidlagan. Turkiya bunday tovarlarni qabul qilmaydi, deydi vazir.
Liz Trass, o‘z navbatida, agar g‘alla Ukraina portlaridan olib chiqilmasa, unda jiddiy ocharchilik bo‘lishini ta’kidlagan.
“G‘alla inqirozi keyingi oydan kechiktirmay hal qilinishi kerak. Aks holda, o‘ta zararli oqibatlar bo‘ladi”, deya ogohlantirgan Britaniya vaziri.
Trass Ukraina doni ortilgan kemalar uchun xavfsiz yo‘lakni ta’minlash muhimligiga ishora qildi.
LiveBarchasi