Turkiya Turkmanistonning iltimosini bajardi
Olam
−
15 Sentabr 2022
13299Turkiya Turkmaniston fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish rejimini bekor qildi. Bu haqda hukumatning “Resmi” gazetasida xabar berildi.
Tegishli farmonni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an imzolagan. Farmonda viza rejimi qancha muddat amal qilishi ko‘rsatilmagan.
Farmon hukumatning 2007 yil 19 iyuldagi qarorini bekor qiladi. Unga ko‘ra, Turkmaniston fuqarolari Turkiyada 30 kungacha sayyohlik maqsadida vizasiz qolishlari mumkin edi.
Avvalroq, Turkmaniston hukumati turkmanlar uchun vizasiz rejimni bekor qilish talabi bilan Turkiyaga murojaat qilgandi. Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, bu Turkmaniston fuqarolarining Turkiya Respublikasida bo‘lish qoidalarini takomillashtirish va uni tizimli asosda joriy etish maqsadida shunday qilingan.
LiveBarchasi