Turkiya tojikistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Olam

image

Turkiya doimiy xorijiy pasportga ega Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning shu haqdagi tegishli farmoni hukumatning rasmiy gazetasi “Resmi gazete”da chop etildi.

“Tojikistonning oddiy chet el pasportiga ega bo‘lgan fuqarolari uchun Turkiyaga sayohat qilishda vizasiz rejimni bekor qilishga qaror qilindi”, deyiladi hujjatda.

Bildirilishicha, mazkur chora “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi qonun asosida qabul qilingan. Bunday chora ko‘rilishiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan. Qaror gazetada e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyada “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossiya – za pravdu”) partiyasi raisi, Davlat Dumasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilishni taklif qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Tojikiston viza rejimi vizasiz rejim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing