Turkiya tomoni Demiral ishi bo‘yicha apellyatsiya berdi
Sport
−
05 iyul 2024 7596 1 daqiqa
Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) terma jamoa himoyachisi Merih Demiralning Avstriya bilan o‘yinda ko‘rsatgan ishorasi uchun futbolchini Yevro-2024'ning ikkita o‘yiniga diskvalifikatsiya qilish qarori ustidan apellyatsiya berdi. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunchuoglu X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, turk tomoni futbolchini himoya qilish uchun UEFA'ga onlayn ariza topshirgan. Apellyatsiya 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.
Qayd etish joiz, holat Yevro-2024 1/8 finali doirasidagi Avstriya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (1:2) vaqtida yuz bergandi. O‘sha o‘yinda Demiral dubl qayd etdi. Futbolchi golni nishonlash chog‘ida turk millatchilarining ishorasini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya terma jamoasi xodimlari Yevro-2024 chorak finaliga chiqqani sharafiga milliy terma jamoa futbolchilari hamda xodimlari uchun 300 dona kabob buyurtma qilgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr