Putin Moskvani tark etdi
Olam
−
27 mart 2020
40381Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtning 65 yoshdan oshgan aholisiga koronavirus infeksiyasi xavfi tufayli uyda qolishni buyurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning o‘zini-o‘zi izolyatsiyaga olishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bir qancha manbalarning ma’lum qilishicha, Putin o‘z oilasi bilan Valdaydagi qarorgohiga ketgan.
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu masalaga izoh berar ekan, davlat rahbarining o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimi qo‘llanilmaganligini ta’kidladi. Biroq Valday haqidagi ma’lumot ham rad etilmadi. “Uning Moskvada kvartirasi bor, lekin u yerda yashamaydi. Prezident davlat qarorgohida yashaydi. Shunga ko‘ra, ko‘pincha u qayerda yashasa, o‘sha yerda ishlaydi va yoki aksincha”, deya tushuntirgan Peskov.
Shu bilan birga, u Putin ishtirokida ommaviy tadbirlar rejalashtirilmaganligini va ishchi uchrashuvlar odatdagidek o‘tkazilishini ma’lum qildi.
26 mart kuni Vladimir Putin G20 dagi hamkasblari bilan koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi. Sammit tarixda birinchi marta videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda COVID-19 koronavirusi tarqalishi sababli millatga murojaat bilan chiqdi va kelayotgan haftani ish haqi saqlangan holda dam olish haftasi deb e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr