Turkiya S-400 uchun jazolansa, AQSH Injirlikdan haydaladi

Olam

image

Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olgani uchun AQSH unga qarshi sanksiya joriy qilsa, rasmiy Anqara ittifoqchisi uchun Injirlik harbiy bazasini yopib qo‘yishga tayyor. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

“Turkiya AQSHdan Injirlikdagi bazadan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni so‘rashi mumkin”, deydi Chavusho‘g‘li.

Chavusho‘g‘li Turkiya Yevropa raketaga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilgan Kurejik harbiy bazasining ham maqomini o‘zgartirishi mumkinligini aytib o‘tgan.

“A Haber”ning yozishicha, vazir S-400 ZRM himoya tizimi ekanini eslatib o‘tgan va Turkiya bu qurol bilan hech kimga hujum qilish niyatida emasligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Turkiya S-400

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing