Turkiya ruslar vayron qilgan Ukrainani tiklashda qatnashmoqchi
Olam
−
19 avgust 2022
4523Turkiya Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida Ukrainaning urush natijasida vayron bo‘lgan infratuzilmasini tiklash bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Kecha, 18 avgust kuni Lvovda Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov va Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Mehmet Mush infratuzilmani tiklash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Memorandumga ko‘ra, yaqin vaqt ichida restavratsiya masalalari bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzilib, turk sarmoyasini jalb qilish mexanizmlarini, shuningdek, hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalar ishlab chiqadi.
“Biz Rossiya tomonidan vayron qilingan infratuzilmani tiklash bo‘yicha hamkorlik qilish xohishi uchun turkiyalik hamkorlardan minnatdormiz. Bunga turk biznesining yo‘llar va ko‘priklar qurilishida katta tajribasi turtki bo‘lmoqda, xususan, bu bizning megaloyihalarimiz – Zaporoje va Kremenchug ko‘priklariga taalluqlidir. Biz turk biznesini ishonchli hamkor sifatida bilamiz, shuning uchun ham tez orada qo‘shma restavratsiya bo‘yicha aniq amaliy natijalarga erishamiz, deb umid qilamiz”, deydi Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov.
Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni Lvovda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
So‘ng Erdo‘g‘an va Zelenskiy ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun alohida muzokara o‘tkazdi.
LiveBarchasi