Turkiya razvedkasi Istanbuldagi terakt muallifini yo‘q qildi

Olam

image

Turkiya milliy razvedka tashkiloti o‘tgan yilning noyabr oyida Istanbuldagi teraktni uyushtirishda muhim rol o‘ynagan shaxsni Suriyada o‘ldirgan. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni “Habertürk” telekanali xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka xodimlari Suriya bilan chegaradosh Al-Qamishli shahri hududida maxsus operatsiya o‘tkazgan. Ular, hisobotga ko‘ra, Istanbuldagi bomba portlashini rejalashtirish va amalga oshirishda asosiy rol o‘ynagan Halil Menjini zararsizlantirgan.  

Rasmiylarga ko‘ra, Menji Qamishlida Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) va uning Suriyadagi bo‘linmasi (“Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari”) a’zolari himoyasida bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 13 noyabr kuni Turkiyaning eng yirik megapolislaridan biri Istanbulning Beyo‘g‘li tumani Istiqlol ko‘chasida terakt sodir etildi. Qo‘poruvchilik harakatida 6 kishi qurbon bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi. 20 dan ortiq kishi sud qarori bilan hibsga olindi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi. 

Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam Albashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.

Tergov davomida u AQSHdan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul terakti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing