Istanbuldagi terakt tashkilotchilaridan birini zararsizlantirildi
Olam
−
04 Oktabr 2023
3611Turkiya maxsus xizmatlari Istanbulda o‘tgan yili olti kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt tashkilotchilaridan birini zararsizlantirdi. Bu haqda mamlakatning bosh axborot agentligi “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Suriyaning Hasaka viloyatida terror tashkiloti PKK/YPG jangarisi Nabo Kele Xayri zararsizlantirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 13 noyabr kuni Turkiyaning eng yirik megapolislaridan biri Istanbulning Beyo‘g‘li tumani Istiqlol ko‘chasida terakt sodir etildi. Qo‘poruvchilik harakatida 6 kishi qurbon bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi. 20 dan ortiq kishi sud qarori bilan hibsga olindi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi.
Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam Albashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.
Tergov davomida u AQSHdan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tganini tan oldi.
Turkiya milliy razvedka tashkiloti teraktni uyushtirishda muhim rol o‘ynagan shaxsni Suriyada o‘ldirganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi