Turkiya Istanbuldagi terakt uchun Suriya va Iroqda qasos olayotgani aytildi

Olam

image

Turkiya o‘z chegaralari yaqinida “terrorchi davlat” yaratish rejasini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu germaniyalik hamkasbi Nensi Fezer bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

Turkiya vaziri Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) terror tashkiloti va uning Suriya va Iroqdagi bo‘linmalarining qonli jinoyatlariga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, KIP terrorchilarining qilmishlariga so‘nggi misol Istanbuldagi 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt, shuningdek, Turkiyaning ikki chegaradosh viloyatining o‘qqa tutilishi bo‘lgan.  

“Istanbulning Istiqlol ko‘chasida begunoh odamlar halok bo‘ldi, bugun esa Suriya hududidan terrorchilarning o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan yosh o‘qituvchi va bolani dafn qilyapmiz”, deydi Soylu. 

Vazirning ta’kidlashicha, bunga javoban turk armiyasi Iroq va Suriya shimolidagi terrorchilar nishonlariga yirik havo zarbalari bergan.  

“Panjali qilich” operatsiyasi doirasida Suriya va Iroqda yuzlab terrorchilar yo‘q qilindi. Shu bilan birga, biz G‘arbning yana bir ikkiyuzlamachiligiga guvoh bo‘ldik, ular Anqarani qo‘llab-quvvatlash o‘rniga terrorizmga qarshi operatsiyani to‘xtatishga chaqirishdi”, deydi vazir. 

Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Germaniyaning bu davlatlar qatorida ekanligiga e’tibor qaratdi. Shu munosabat bilan u rasmiy Berlinni xolis bo‘lishga chaqirdi.  

“Siz Germaniyada yoki Turkiyada bo‘lsin, terrorchilik hujumlarini uyushtirganlar va tashkilotchilariga teng munosabatda bo‘lishingiz kerak”, deydi Soylu Fezerga ishora qilib.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 21 noyabr kuni respublika Qurolli kuchlari Suriya va Iroqdagi “Panjali qilich” amaliyotida ikki kun ichida 184 nafar terrorchi zararsizlantirganini ma’lum qildi. Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Panjali qilich” operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Yerdan havo yordami artilleriya tomonidan ta’minlandi. Zarbalar Kirdiston ishchilar partiyasi (KIP) va uning Suriyadagi bo‘linmasi Turkiyada taqiqlangan “Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari”ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell Rifat, Jizre va Derik hududlarida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ma’lum qildi. 

Turkiya matbuoti xabariga ko‘ra, Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari 21 noyabr kuni Turkiya chegara shaharlari Damashq tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng Suriya hududlariga zarba berishni davom ettirgan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Suriyada keskinlikni pasaytirish zarurligini ta’kidlab, Turkiyaning "Panjali qilich" operatsiyasi fonida Iroqda muvofiqlashtirilmagan harbiy harakatlarga qarshi chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Istanbul terakti

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing