Turkiya NATO bilan munosabatlarini Bayden orqali yaxshilamoqchi – Bloomberg

Olam

image

Turkiya AQSHning yangi saylangan Prezidenti Jozef Bayden ma’muriyatiga yaqinlashish hisobiga NATOdagi sheriklari bilan munosabatlarining yaxshilanishiga umid qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” agentligi manbalariga tayanib xabar berdi.

"Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan cheklovlar qo‘yilishidan xavotirda. Shu kabi bir qancha omillar sabab Turkiya Hukumati mamlakat tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqish niyatida.

Agentlikka ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Baydenning davlatlararo tashkilotlarga va transatlantik aloqalarga bo‘lgan ishonchi” Anqaraning NATOdagi sheriklari bilan munosabatlarini yaxshilashga yordam berishiga umid qilmoqda.

Shuningdek, rasmiy Anqarada Bayden ma’muriyati bilan yaqin aloqa o‘rnatish mamlakatning qurol-yarog‘ bitimlarini tuzish imkoniyatini oshiradi degan umid bor.

Avvalroq, Yevropa Parlamenti Ittifoqqa a’zo davlatlarni Turkiyaning O‘rta yer dengizidagi xatti-harakatlari sababli unga qarshi qattiq sanksiyalarni qo‘llashga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilgan edi. 

Yevropa Ittifoqi va Turkiya munosabatlari 10-11 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda Yevropa Ittifoqi davlatlari va hukumatlari rahbarlarining diqqat markazida bo‘lishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Anqaraning Moskva bilan Liviya va Suriyadagi manfaatlar xilma-xilligi fonida “tobora ko‘chayib borayotgan kelishmovchiliklari” hamda Tog‘li Qorabog‘ mojarosida “Turkiya Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlab, Rossiyaning Kavkazdagi orqa hovlisiga bostirib kirgandan” so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi ham Anqarani mamlakat tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni butkul to‘xtatish bo‘yicha bayonot imzolagan edi

16 noyabr kuni esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon Respublikasiga qo‘shin yuborish to‘g‘risida farmon imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Bayden

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing