Turkiya Liviyada harbiy baza quradi
Olam
−
18 avgust 2020
5582Turkiya, Qatar va Liviya Milliy birdamlik hukumati Misurata shahrida turk harbiy-havo bazasini tashkil qilish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda “Al-Arabiya” nashri xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, Misuratada uch tomonlama harbiy muvofiqlashtirish markazi tashkil etiladi.
“Bundan tashqari, tomonlar Qatar harbiy masalahatchilari Liviya askarlarini o‘qitish uchun yuboriladi. Shuningdek, Liviyaga turk va qatar harbiy bilim yurtlarida o‘rinlar ajratiladi”, deyilgan xabarda.
Kelishuv Hukumat kuchlarining harbiy salohiyatini oshirish uchun imzolangan.
Kecha, 17 avgust kuni Tripolida Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar va Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari – Mudofaa vaziri Holid bin Muhammad al-Attiyya Liviya birdamlik hukumati rahbari Faiz Sarroj bilan uchrashdi.
LiveBarchasi