Turkiya qiyin paytlarda cho‘zilgan yordam qo‘lini unutmaydi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya qiyin damlarda cho‘zilgan yordam qo‘lini unutmaydi. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Birlashgan Arab Amirliklari tashabbusi bilan tashkil etilgan Jahon hukumati sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochdi. 

Davlat rahbari avvalroq sammitda shaxsan ishtirok etishni rejalashtirganini, ammo rejalar 6 fevral kuni sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 balli zilzilalar munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilganini ta’kidladi. 

“Katta miqyosdagi tabiiy ofatlar oqibatlarini Turkiyaning o‘n viloyatida 13,5 million kishi his qildi. Yer silkinishlari 500 kmlik hududda sezilgan. Afsuski, katta vayronagarchilik yuz berdi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu zarbalar 500 ta atom bombasi portlashiga teng energiya ajralib chiqdi”, deydi siyosatchi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya nafaqat o‘z tarixidagi, balki insoniyat tarixidagi eng yirik tabiiy ofatlardan biriga duch keldi. 

Prezident, epimarkazi Turkiyaning Qahramonmarash shahrida bo‘lgan vayronali zilzilalar zonasida faoliyat olib borayotgan qidiruv-qutqaruv guruhlari o‘tgan to‘qqiz kun ichida 8 mingdan ortiq odamni vayronalar ostidan qutqarganini aytdi. 

“Afsuski, qulagan minglab uylar vayronalari tozalanishi bilan qurbonlar soni ham ortib bormoqda. Zilziladan jabr ko‘rgan 81 mingdan ortiq Turkiya fuqarosining ba’zilari shifoxonalardan chiqarildi. Qidiruv-qutqaruv guruhlari vayronalar ostidan 8 mingdan ortiq odamni qutqarib oldi”, deydi Erdo‘g‘an. 

Siyosatchi xalq qo‘llab-quvvatlashi tufayli mamlakat ushbu ofat oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etishiga ishonch bildirdi. 

Turkiya rahbari halokatli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda Turkiyaga yordam berishga shoshilgan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirdi. 

Davlat rahbari dunyoning yuzdan ortiq davlati, jumladan sammitga mezbonlik qilgan Birlashgan Arab Amirliklari Turkiyani qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar berganini eslatdi. 

“Ba’zi davlatlar qutqaruvchilarni Turkiyaga yubordi, ba’zilari yordam yig‘ish kampaniyalarini boshlab, birdamlik ko‘rsatdi. Ayrim davlatlar Anqarani qo‘llab-quvvatlaganliklarini bildirishdi. Bu falokat [o‘chog‘i Turkiyada bo‘lgan zilzila] xalqaro birdamlikning muhimligini yana bir bor isbotladi”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

hafta dayjesti Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made