Turkiya Istanbulda bomba qoldirgan shaxsni hibsga oldi
Olam
−
14 noyabr 2022
16434Turkiya politsiyasi Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi Istiqlol ko‘chasida kecha, 13 noyabr kuni portlagan bombani qoldirgani taxmin qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi.
“Beyo‘g‘lida bomba qoldirgan shaxs Istanbul xavfsizlik boshqarmasi tomonidan qo‘lga olindi. U so‘roq ostida”, deydi vazir jurnalistlarga.
Uning nutqi aks etgan video Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan. Soylu, tergovda terror hujumi izlari Suriyaga olib boradigan dalillar borligiga e’tibor qaratdi va Anqara tomonidan terrorchi deb tan olingan guruhlar bunga aloqador. Hammasi bo‘lib, unga ko‘ra, hozirgacha hujumga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 20 dan ortiq kishi qo‘lga olingan.
“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, hujumni amalga oshirish buyrug‘i Kobanidan, hujumchi esa Afrindan kelgan”, deydi vazir.
Kobani va Afrin Suriya shimolidagi Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) va Suriya kurdlarining Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari (XO‘MK) faoliyati kuzatilayotgan shaharlar bo‘lib, Turkiyada taqiqlangan va terrorchilik harakati hisoblanadi.
“Bizda dalillar KIP va XO‘MKga ishora qilmoqda”, deb qo‘shimcha qildi vazir.
Istanbul gubernatori Ali Yerliqqoya Twitter’dan ma’lum qilishicha, 50 nafar jabrlanuvchi davolanib, shifoxonalardan chiqarilgan, 31 kishi hamon shifokorlar nazoratida. Hujum oqibatida jami 81 kishi tan jarohati olgan.
“Reanimatsiyaga yotqizilgan beshta jabrlanuvchidan ikki nafarining ahvoli hamon og‘ir”, deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an avvalroq voqeada terror izi borligini aytgan edi. Keyinroq respublika vitse-prezidenti Fuat O‘ktay portlovchi qurilmani ayol kishi ishga tushirganini aytdi.
LiveBarchasi