Turkiya Isroilni josuslik faoliyati oqibatlaridan ogohlantirdi
Olam
−
03 yanvar
6794Turkiya Isroilni respublika hududidagi josuslik faoliyatining og‘ir oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bu haqda Prezident ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahriddin Altun so‘z ochdi.
“Tel-Aviv buning uchun katta badal to‘lashini bilishi kerak”, degan u Turkiya maxfiy xizmatlarining operatsiya davomida Isroil foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilinib, 34 kishi hibsga olinganini izohlar ekan.
Shuningdek, Altun Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning quyidagi so‘zlarini ham keltirgan:
“Agar ular [isroilliklar] shunday xatoga yo‘l qo‘ysalar, demak ular Turkiyani umuman bilmaydi, turklarni ham bilmaydi. Agar shunday qilishga qaror qilsalar, ular buning uchun juda katta tovon to‘lashlari kerakligini tushunishi kerak. Bunday urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin”.
“TRT Haber” telekanaliga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Isroil razvedka xizmatlarining agentlari bo‘lib, ulardan taktik vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Xususan, ular falastinliklar va ularning oila a’zolariga qarshi harakatlarda ishtirok etgan.
Taktik ishlarni tashkil qilishdan tashqari, Isroil razvedka xizmatlari chet elda turk razvedkasida shubha uyg‘ota olmaydigan eng istiqbolli doimiy agentlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan. Ular pul, maxsus moslamalar, maxfiy bo‘limlari bo‘lgan bagaj bilan ta’minlangan. Agentni tayyorlash uchun Isroil razvedkasi xodimlaridan iborat guruh tayinlangan. Shuningdek, Isroil razvedkasi Iroq va Erondan Turkiyaga kontrabanda tovarlari va odamlarni olib o‘tish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirgan, boshpana bergan va xakerlarni qidirgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 yanvar kuni ertalab Turkiya razvedka xizmatlari Isroil razvedka xizmati “Mossad”ga ishlaganlikda gumon qilib 34 kishini hibsga olgandi. Reydlar respublikaning sakkiz viloyatida, asosan Istanbulda o‘tkazildi.
LiveBarchasi