Turkiya ISHIDning 82 a’zosini O‘zbekistonga qaytarmoqchi

Olam

image

Turkiya ISHID terrorchilik tashkilotining mamlakatda saqlab kelinayotgan 82 a’zosini O‘zbekistonga deportatsiya qilmoqchi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar bermoqda

Xabarda qayd etilishicha, ayni vaqtda Turkiyada ISHID terrorchilik tashkilotining 959 nafar xorijiy a’zosi saqlab kelinmoqda. Ularning 99 nafari rossiyaliy, 82 nafari o‘sbekistonlik, 29 nafari ozarbayjonlik, 23 nafari qirg‘izistonlik, 21 nafari tojikistonlik, 17 nafari germaniyalik, 13 nafari misrlik, 11 nafari afg‘onistonlik, 10 nafari qozog‘istonlik, 9 nafari falastinlik, 6 nafari turkmanistonlik, yana 6 nafari pokistonlik, 3 nafari niderlaniyalik, 2 nafari fransiyalik va boshqa davlatlar fuqarolari. 

Vaqtincha saqlash markazidagi qolayotgan 959 nafar ISHIDchining orasida 147 nafar voyaga yetmagan bolalar mavjud. Bolalarning asosiy qismi Suriyada davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar hududida ota-onalarini yo‘qotgan. 

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, joriy yilning may va oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘i bilan mutlaqo mahfiy bo‘lgan “Mehr” operatsiyasi amalga oshirildi. May oyida Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar hududidan 156 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelindi. Operatsiyaning davomida esa 64 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing