Turkiya fuqarolarini koronavirusga qarshi bepul emlaydi

Olam

image

Turkiya Hukumati mamlakat fuqarolarini koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul emlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja ma’lum qilgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning "Sinovak" vaksina ishlab chiqaruvchisi bilan muzokaralar allaqachon yakunlangan va bitim imzolangan.

"Emlash ishlarini boshlash uchun Turkiyaga kamida 10 million doza vaksina jo‘natilgan", degan Ko‘ja.

Shuningdek, vazir Turkiya fuqarolarini koronavirusga qarshi emlash mutlaqo bepul amalga oshirilishini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirus infeksiyasi bilan kurash doirasida dam olish kunlari komendantlik soati joriy qilingan.

21 noyabrdan esa, Turkiyadagi xorijlik sayyohlar mamlakatda dam olish kunlari amalda bo‘ladigan komendantlik soatiga rioya etmasligi mumkin bo‘lgandi. 

O‘zbekiston elchixonasi Turkiyada vaqtincha bo‘lib turgan, doimiy yashayotgan, o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirayotgan vatandoshlardan mamlakatda amal qilayotgan cheklov choralarini hisobga olish, o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish hamda rasmiy organlarning aholini koronavirus tarqalishidan himoya qilishga qaratilgan barcha talablarini bajarishga chaqirgandi

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 447 mingdan oshgan. 12 mingdan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

XITOY VAKTsINA TURKIYa

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing