Turkiya Falastin uchun kafil bo‘lishga tayyor – Xoqon Fidan

Olam

image

Turkiya Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishishda Falastin uchun kafil davlat sifatida harakat qilishga tayyor. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ma’lum qildi.

“Boshqa davlatlar ham Isroil uchun kafil bo‘lishi kerak. Ikkala tomon uchun ham tegishli kelishuvga erishilgach, kafil davlatlar uning talablarini bajarish uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishi lozim”, deydi vazir.

Fidanning so‘zlariga ko‘ra, bu "uzoq tinchlik" ga erishishning yagona yo‘li. Aks holda, agar kafolatlar bo‘lmasa, Isroil va mintaqa aholisi "hech qachon o‘zini xavfsiz his qila olmaydi" va buni ta’minlash uchun "boshqalarni ta’qib qilishda" davom etadi.

"Ushbu spiral uzluksiz ravishda o‘z-o‘zidan aylanadi", deb xulosa qilgan TIV rahbari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘azodagi inqirozni hal qilishning yagona yo‘li Falastin mustaqilligini tan olish ekanini aytgandi. Shuningdek, u Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa tashkilotlar Falastin xalqini yolg‘iz qoldirgani, va’dasining ustidan chiqmagani va falastinliklarning huquqini himoya qilmaganini ta’kidlagandi. Bundan tashqari, Erdo‘g‘an AQSHni terrorchilarni o‘qitib, mintaqani qon ko‘liga aylantirishda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made