Turkiya Erdo‘g‘anning “Charlie Hebdo”dagi karikaturasiga munosabat bildirdi

Olam

image

Avvalroq, Fransiyaning “Charlie Hebdo” haftalik hajviy jurnalining navbatdagi sonida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning karikaturasi bosilgani haqida xabar bergan edik. 

Rasmiy Anqara Erdo‘g‘anning karikaturasi jurnalda e’lon qilinishini jirkanch harakat deb baholadi. Turkiya Prezidenti administratsiyasi bu karikatura nosog‘lom muhit mahsuli ekanini ta’kidladi.

“Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning musulmonlarga qarshi dasuri o‘z samarasini beryapti. “Charlie Hebdo” go‘yoki bizning Prezidentimizning manfurlikka to‘la karikaturalari seriyasini e’lon qildi. Biz irqchilik va nafratni tarqatishga qaratilgan bu jirkanch harakatni qoralaymiz. Karikaturalar razil va barcha insoniy axloqdan batamom mahrum. Bu ksenofobik, islomofobik va toqatsiz madaniy muhitning mahsuli”, degan Turkiya Prezidenti administratsiyasi aloqa boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun.

Karikatura rasmiy Anqara va Parij o‘rtasida diplomatik mojaro avj olgan bir vaqtda e’lon qilindi. Erdo‘g‘anning Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga qarata aytgan keskin tanqididan keyin Parij Anqaradagi elchisini chaqirib oldi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqidan Turikyaga nisbatan sanksiya joriy qilishni talab qildi.

Shu bilan birga, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi kunlarda Erdo‘g‘anning bayonotlarining “tajovuzkor va toqat qilib bo‘lmas”ligiga qaramay, Fransiya bunday darajada tortishmoqchi emasligi haqida bir qator bayonotlarni bergandi.

Xususan, 25 oktyabrda Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat kotibi Klement Bon, 27 oktyabrda Yevropa ishlar va tashqi ishlar vazirligi huzuridagi vazir-delegat Frank Riyester shunday bayonot bergandi. Shu bilan birga, avvalroq, Prezident Makron Parij payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini nashr etishdan bosh tortmoqchi emasligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yanada sovuqlashdi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Turkiya va arab davlatlari fransuz mahsulotlariga boykot boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

475

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing