Turkiya: “Biz Rossiyaga qarshi urushmoqchi emasmiz”

Olam

image

Idlib masalasi sababli Turkiya Respublikasi Rossiya Federatsiyasi bilan ziddiyatga borish niyatida emas. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi.

"Bizda Rossiyaga qarshi turish niyatimiz ham, maqsadimiz ham yo‘q. Biz buni oldini olish uchun barcha sa’y-harakatlarni qilishimiz kerak. Idlibda eng asosiy masala bu Asad rejimi avvalgi sulh shartlariga rioya qilishidir", dedi Mudofaa vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Asad rejimi unga qarshi chiqqan har qanday kuchni terrorist deb ataydi. Ular - muxolif kuchlar va ular "tinch tarzda yashashni" xohlashadi. 

Akar Turkiya qurolli kuchlari Idlibda operatsiya boshlashi  mumkinligini izohlar ekan, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an "bu borada tegishli ko‘rsatmalar berib, asosiy maqsadni bayon qilganini" ta’kidladi. “Bizda zarur rejalar bor. A, B va C rejalari ishlab chiqilgan. Bu rejalar o‘z vaqtida va kerakli joyda amalga oshirilishi mumkin”, dedi vazir.

Avvalroq, Suriyaning eng yirik magistralida va mamlakatning ikkinchi yirik shahri – Halabda o‘z nazoratini qayta tiklagan hukumat kuchlari navbatdagi e’tiborini Idlibga qaratgani xabar berilgan edi.  Idlibni Suriya muholifati Turkiya kuchlari bilan birgalikda nazoratda ushlab turibdi. Shuningdek, bu masalada Rossiya tomoni Suriya hukumatini qo‘llab quvvatlamoqda. Shunga qaramay, Erdo‘g‘an Idlibni osonlikcha berib qo‘yish niyatida emas.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing