Turkiya AQSHning F-16 qiruvchi samolyotlarini olishiga oz qolgani aytildi

Olam

image

AQSH ma’muriyati Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish jarayoniga ijobiy qaramoqda. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ma’lum qildi. 

"AQSH Senatining [Kongressining] tegishli qarori bor edi. AQSH ma’muriyati bunga ijobiy munosabatda, texnik muzokaralar ijobiy olg‘a ketmoqda", deydi u bugun, 23 avgust kuni bergan intervyusida. 

15 iyul kuni AQCH Kongressining Vakillar palatasi mamlakat mudofaa byudjetiga F-16 samolyotlarini Turkiyaga topshirish shartlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiruvchi tuzatishni ma’qulladi. U AQSH ma’muriyatiga Turkiyaga sotishni yoki yangi F-16 samolyotlari yoki ularni modernizatsiya qilish uchun butlovchi qismlarni eksport qilishga ruxsat berishni, AQSH Prezidenti Kongressga uskunalarni bunday uzatish milliy manfaatlarga mos kelishini tasdiqlamaguncha taqiqlaydi. Bundan tashqari, ma’muriyat F-16 samolyotlarining Turkiya tomonidan “Gretsiya hududi ustidan qayta-qayta ruxsat etilmagan parvozlar uchun” foydalanilmasligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralarning batafsil tavsifini taqdim etishi kerak bo‘ladi. 

Turkiya havo kuchlari bilan xizmat qiladigan samolyotlarini modernizatsiya qilish uchun 40 ta F-16 Block 70 qiruvchi samolyoti va 80 ta Block 70 to‘plamini olishga intilmoqda. Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslarini sotib olishi munosabati bilan beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika dasturidan chiqarib tashlanganidan so‘ng, F-16 ni sotib olish istagi borligini ma’lum qildi. 

15 avgust kuni Turkiya Mudofaa vazirligi texnik delegatsiyasi Amerika tomonining taklifiga binoan F-16 qiruvchilarini modernizatsiya qilish va sotib olish masalasini muhokama qilish uchun AQSHga jo‘nab ketgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Madridda o‘tgan NATO sammitidan so‘ng Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi va suhbat davomida AQSH Turkiyaga F-16 qiruvchilarini yetkazib berishi hamda modernizatsiyasini yo‘lga qo‘yishini, bu haqidagi hujjatni Kongress tezroq ma’qullashiga ta’sir ko‘rsatishini va’da qildi.  

30 iyun kuni NATO sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jo Bayden Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish bo‘yicha Kongress roziligini olishga umid qilayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

F-16

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing