Turkiya Shimoliy Kiprga 6 ta F-16 qiruvchi samolyotini joylashtirdi (video)

Olam

image

Turkiya Shimoliy Kiprga 6 ta F-16 qiruvchi samolyoti va havo mudofaa tizimlarini joylashtirdi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi X’da xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, Milliy mudofaa vazirligi Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealarni hisobga olgan holda Shimoliy Kipr Turkiya Respublikasining xavfsizligini mustahkamlash maqsadida yangi choralar ko‘rilganini e’lon qilgan. 

“Mintaqamizdagi so‘nggi voqealar fonida Shimoliy Kipr Turk Respublikasining xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan bosqichma-bosqich rejalashtirish doirasida bugundan boshlab mazkur hududga 6 dona F-16 qiruvchi samolyoti va havo mudofaa tizimlari joylashtirildi. Vaziyatni baholash natijasida zarur deb topilsa, qo‘shimcha choralar ham ko‘riladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ma’lumot uchun, F-16 Fighting Falcon yengil ko‘p funksiyali qiruvchi samolyot bo‘lib, 2470 km/soat tezlikda uchishi mumkin va 15,240 m balandlikda parvoz qila oladi. U 20 mm to‘ppon, turli raketa va bombalar bilan jihozlangan bo‘lib, havo janglari, yerga hujum, razvedka va mudofaa tizimlari bilan integratsiyalashgan missiyalarni bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada ehtimoliy urushga qarshi tayyorgarlik kuchaytirilgandi. Xususan, mamlakatning 16 ta vazirlik tizimida yangi Favqulodda holatlar va mudofaa rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimi joriy etildi va tayinlov amalga oshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya F-16 Shimoliy Kipr Turk Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing