Turkiyada ehtimoliy urushga qarshi tayyorgarlik kuchaytirildi
Olam
−
16:15 3307 1 daqiqa
Turkiyada ehtimoliy urush va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik doirasida 16 ta vazirlikda yangi Favqulodda holatlar va mudofaa rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimi joriy etildi va tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda kecha, 6 mart kuni mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, Milliy mudofaa vazirligidan tashqari barcha vazirliklarda Favqulodda holatlar va mudofaa rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimi joriy etilib, ushbu lavozimlarga rasmiy tayinlovlar amalga oshirilgan.
Mazkur bo‘limlar vazirliklarning tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar hamda fuqarolik mudofaasi bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ular safarbarlik va urush holatiga oid rejalarning bajarilishini nazorat qiladi hamda vazirliklarni Favqulodda holatlar va ofatlar boshqaruvi boshqarmasi markazida vakillik qiladi.
Bundan tashqari, yangi tuzilma prezidentlik apparati va turli inqiroz markazlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlash vazifasini ham bajaradi.
Mutaxassislar fikricha, ushbu qaror orqali davlat tizimi ichida inqiroz, tabiiy ofatlar va urush holatlariga tayyorgarlik jarayonlarini muvofiqlashtiradigan markazlashgan tizim shakllantirilmoqda.
Milliy mudofaa vazirligi esa ushbu sohaning asosiy ijrochi organi hisoblangani sababli yangi tuzilma tarkibiga kiritilmagan
Ma’lum qilinishicha, vazirliklar tarkibida Favqulodda holatlar va mudofaa rejalashtirish bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2025 yil oktyabr oyida qabul qilingan. So‘nggi qaror bilan esa mazkur bo‘limlarga rasmiy tayinlovlar amalga oshirilgan.
Live
Barchasi