Germaniyadagi AQSH aviabazasida qiruvchi samolyot qulab tushdi 

Olam

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Germaniyaning Reynland-Pfals federal yerida joylashgan AQSH aviabazasida F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Mintaqa hokimiyati organlari bir kishi jarohatlanganini ma’lum qilmoqda. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Qayd etilishicha, harbiy samolyot bilan bog‘liq hodisa Reynland-Pfals yeridagi AQSH Harbiy-havo kuchlarining Shpangdalem aviabazasida sodir bo‘lgan. Ayfel-Bitburg-Pryum tumani hokimiyati kamida bir kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Guvohlar baza hududi tepasida juda katta qora tutun ustunini ko‘rgan. Shpayxer shahri meri Birte Tomsen reaktiv samolyotning balandlikni tez yo‘qotganini, shundan so‘ng baza tepasida tutun ko‘tarilganini ko‘rganini aytgan. Hodisadan oldin bazadan ikkita samolyot havoga ko‘tarilgan. Ulardan biri, taxminlarga ko‘ra, halokatga uchragan.

Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yuborilgan. Aviabazaga mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati chaqirilgan, biroq hodisa bevosita Amerika ob’ekti hududida yuz bergani sababli keyinchalik ular qaytarib olingan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Shpangdalemda F-16 qiruvchi samolyotlari bilan qurollangan AQSH HHKning 52-qiruvchi aviaqanoti joylashgan. Halokat sabablari va samolyotning aniq turi hozircha ochiqlanmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaga chegaradosh havo hududida Rossiya Aerokosmik kuchlarining jangovar aviatsiyasi ishtirokida jiddiy aviahalokat sodir bo‘lgandi: Kursk viloyati osmonida parvoz topshirig‘ini bajarish chog‘ida “4++” avlodiga mansub ikkita Su-35S ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti o‘zaro to‘qnashib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing