Turkiya AQSHni S-400 uchun bosim o‘tkazishning oqibatidan ogohlantirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Prezidentining Matbuot kotibi Ibrohim Kalin AQSHni rasmiy Anqara Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olgani uchun bosim o‘tkazi qanday oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

“Agar boshqa mamlakat bizga maksimal pozitsiyasi bilan kelib, “yoki bizning aytganimiz bo‘ladi yoki bo‘lmaydi”, desa, unda bunday munosabat bizni boshqa tomonga turtkilaydi”, degan Kalin “Bloomberg”ga bergan intervyusida.

Kalin Turkiya NATOning mudofaa tizimini buzmasdan S-400 tizimiga egalik qilishi mumkinligini aytgan. U AQSHni bu majmuani sotib olish uchun qaror bir soatda qabul qilinmaganini va Anqaraning bu boradagi pozitsiyasini  tushunishga chaqirgan.

Rossiya 2019 yil iyuldan beri Turkiyaga S-400 yetkazib beryapti. Bu xarid Anqara va Vashington munosabatlarida inqiroz yuzaga kelishiga olib keldi. AQSH Turkiyani o‘zining Patriot majmuasini sotib olish evaziga kelishuvdan voz kechishga chaqirdi. Aks holda sanksiyalar joriy etish va F-35 samolyotlarini yetkazi bermaslik bilan tahdid qildi.

Anqara yon berishni istamadi va muzokarani davom ettirdi va Moskvadan qo‘shimcha S-400  sotib olishga kelishdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Turkiya S-400

Baholaganlar

897

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing