Turkiya AQSHni mag‘lub etib, guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi
Sport
−
26 iyun 7780 2 daqiqa
Bugun, 26 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati “D” guruhining so‘nggi turida Turkiya terma jamoasi AQSHni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Biroq ushbu g‘alabaga qaramay, turklar 3 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, musobaqani tark etdi.
Uchrashuv AQSHning Inglvud shahridagi “Sou-Fay” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Turkiya safida Arda Gyuler (10-daqiqa), Barish Yilmaz (31) va Kaan Ayhan (90+8) gol urdi. AQSH terma jamoasining gollariga Oston Trasti (3) va Sebastyan Berxalter (49) mualliflik qildi.
G‘alabaga qaramay, Turkiya 3 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqani tark etdi.
Guruh bahslari yakunlariga ko‘ra, AQSH 6 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Avstraliya 4 ochko bilan ikkinchi, Paragvay ham 4 ochko bilan uchinchi, Turkiya esa 3 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.
Endilikda AQSH 1/16 finalda joriy yilning 2 iyul kuni Santa-Klara shahrida Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushadi.
Avstraliya esa pley-offda “G” guruhida ikkinchi o‘rinni egallaydigan jamoaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur guruhda Misr, Eron, Belgiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari kurash olib bormoqda.
Paragvay esa 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, pley-offga chiqish masalasi boshqa guruhlar natijalariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Avstraliya terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta Jahon chempionati pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Avvalroq, u 2006 va 2022 yilgi mundiallarda ham mazkur bosqichda ishtirok etgan edi.
Live
Barchasi