Turkiya AQSHdan Rossiyaga harbiy mahsulotlar olib kirishni taqiqladi – FT
Olam
−
23 Oktabr
10810Vashington Anqarani agar savdoni to‘xtatmasa, oqibatlari haqida ogohlantirganidan keyin Turkiya Rossiyaga Amerika harbiy tovarlarini eksport qilishni yashirincha taqiqladi. Bu haqda Britaniyaning “Financial Times” gazetasi kecha, 22 oktyabr kuni uchta manbaga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Anqara so‘nggi haftalarda Vashington va uning g‘arbiy ittifoqchilari Ukrainada jang qilayotgan Rossiya uchun muhim deb hisoblagan to‘rtdan ortiq tovarlarning eksportiga to‘sqinlik qilish uchun bojxona tizimlariga o‘zgartirishlar kiritgan.
Turkiyaning elektron bojxona tizimi endi “jang maydoni tovarlari”ni Moskvaga jo‘natishga ruxsat bermaydi. Ikki manbaning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining shunga o‘xshash mahsulotlari avvalroq bloklangan.
Manbalarga ko‘ra, mikrochiplar va masofadan boshqarish tizimlari kabi fuqarolik buyumlariga ta’sir qiluvchi savdo cheklovlari siyosiy sabablarga ko‘ra ochiq e’lon qilinmagan.
Harbiy tovarlar AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya tomonidan Rossiya qurol sanoati uchun zarur deb belgilagan G‘arbda ishlab chiqarilgan 50 ta “yuqori ustuvor” mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ular orasida Ukrainada urib tushirilgan raketalar va dronlarda muntazam topiladigan ilg‘or elektronika, protsessorlar va xotira kartalari, shuningdek, mashinalar va boshqa qurol-yarog‘lar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Turkiya mudofaa sektoridagi subpudratchilar bilan hamkorlikda 155 mm o‘lchamli o‘q-dorilar ishlab chiqarishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 2025 yil oxirigacha Texasdagi uchta zavodda o‘q-dori ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan. “General Dynamics Ordnance and Tactical Systems” bilan qurilish, montaj qilish va keyinchalik ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
LiveBarchasi