Turkiya aeroportlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Olam

image

Kecha, 23 oktyabr kuni Anqarada yuz bergan teraktdan keyin Turkiyaning barcha aeroportlarida xavf darajasi to‘q sariqqa ko‘tarildi. Bu haqda “Hürriyet” xabar berdi.

“Anqaradagi teraktdan keyin Turkiyada xavfsizlik choralari kuchaytirildi... Terroristik guruhlarning aeroportlarda teraktlar uyushtirish rejalari sababli xavf darajasi to‘q sariq darajaga ko‘tarildi”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilishicha, aeroport hududiga kirayotgan avtomobillar sinchkovlik bilan tekshirilmoqda. Shuningdek, xavfsizlik xodimlari yo‘lovchilarning hujjatlarini ham ko‘zdan kechiryapti.

Sabiha Go‘kchen nomli Istanbul xalqaro aeroporti esa yo‘lovchilarga aeroportdagi qo‘shimcha tekshiruvlar haqida ogohlantirib, jo‘nashdan kamida uch soat oldin yetib kelishni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 oktyabr kuni Anqarada Turkiyaning harbiy samolyotlar va kosmik uskunalar ishlab chiqaruvchi “TUSAŞ” korporatsiyasi binosi yaqinida terakt sodir bo‘lgan edi. Teraktni uyushtirgan ikki nafar terrorchi huquq-tartibot organlari tomonidan yo‘q qilingan.  Anqara Bosh prokuraturasi terakt yuzasidan tergov boshlagan. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, 22 kishi jarohatlangan. Turkiya hukumati Anqaradagi teraktni “Kurdiston ishchilar partiyasi” (Turkiyada taqiqlangan terroristik tashkilot) a’zolari amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya terakt aeroport Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing