Turkiyada terakt sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Turkiyaning Anqara shahridagi harbiy samolyotlar va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi “TUSAŞ” korporatsiyasi binosi yaqinida terakt sodir bo‘ldi. Bu haqda IHA xabar berdi.

Bugun, 23 oktyabr kuni Anqaraning Qahramonqozon tumanidagi Turk aerokosmik sanoati (TAI) ob’ektlariga terror hujumi uyushtirilgan. Ob’ektlar oldida otishma va portlash ovozlari eshitilgan.

Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ushbu holat yuzasidan bayonot bergan.

“Anqara Qahramonqozon ob’ektlariga terror hujumi uyushtirildi. Afsuski, shahidlarimiz va yaradorlarimiz bor. Alloh rahmatiga olsin" degan vazir. 

Bayonotda qurbon bo‘lgan va yaradorlarning aniq soni ochiqlanmagan. 

Teraktdan so‘ng voqea joyiga tez tibbiy yordam, o‘t o‘chirish va xavfsizlik guruhi yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni Isroilning Beyer-Sheva shahridagi avtobus bekati yaqinida terakt sodir bo‘lgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya terakt Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing