Turkiya harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashga tayyor — Chavusho‘g‘li

Olam

image
Suriya, Liviya va Qorabog‘da nima qilgan bo‘lsak, Afg‘onistonda ham shuni qilamiz – Erdo‘g‘an north_east

Suriya, Liviya va Qorabog‘da nima qilgan bo‘lsak, Afg‘onistonda ham shuni qilamiz – Erdo‘g‘an

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li mashhur Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlarni hamkorlikni chuqurlashtirishga, shu jumladan zamonaviy transport koridorlarini yaratish kabi qadamlar qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda u “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada aytib o‘tdi.

“Ipak yo‘li asrlar davomida mamlakatlarimiz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zamonaviy Ipak yo‘lini rivojlantirish vaqti keldi”, degan Turkiya TIV rahbari.

Chavusho‘g‘li, mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tahlikalar va tahdidlarni bartaraf etishni yaqinlashtirishini ta’kidladi.

“Turkiya Afg‘oniston, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Pokiston va Turkiyani o‘z ichiga olgan uch tomonlama muloqot mexanizmlarini ilgari surish orqali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda. Turkiy Kengash mintaqaviy hamkorlikning istiqbolli modeliga aylandi”, degan Mavlud Chavusho‘g‘li.

Vazir asosiy e’tiborni Afg‘onistondagi ziddiyatlarning kuchayishi oqibatida mintaqa xavfsizligiga tahdid paydo bo‘lganiga qaratgan.

“Yevroosiyoda haqiqiy tinchlikka yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tadi. Turkiya ushbu mamlakatdagi tinchlik jarayoniga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. Anqara Kobuldagi birodar afg‘on xalqi manfaatlariga javob beradigan Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportda xavfsizlikni ta’minlashda va boshqarishda davom etishga tayyor”, degan Chavusho‘g‘li.

Avvalroq, “Tolibon” harakati barcha xorijiy davlatlar qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etishi kerakligini eslatib, rasmiy Anqara ham o‘z harbiylarini olib ketishi kerakligini ta’kidlagandi.

Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.

Turkiya AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etishi fonida Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirishi ortidan “Tolibon” harakati rasmiy Anqarani ogohlantirdi. Harakat Turkiya Afg‘onistonga qo‘shin joylashtirishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.

“Dawn” nashrining “Tolibon” bayonotiga tayanib xabar berishicha, Turkiyaning bunday qarori “shoshqaloqlik” va mamlakat “suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadi” hamda uning milliy manfaatlariga ham zid.

“Turkiya hukumatining Qo‘shma Shtatlarning iltimosiga va qaroriga binoan mamlakatimizga qarshi tajovuzni davom ettirish to‘g‘risida e’lon qilishi bizda nafrat va adovatni keltirib chiqaradi hamda ikki tomonlama munosabatlarga putur etkazadi”, deyiladi harakat bayonotida.

"Tolibon" rahbarlari “Afg‘onistonda xorijiy kuchlarning borligi, mamlakat nomidan qat’i nazar, tajovuzkorlik ekanligini va uzurpatorlarga 1500 afg‘onistonlik olimlar bergan fatvo asosida muomala qilinishini” ta’kidladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkiya Tolibon

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing