O‘quvchi futbolda olgan jarohati sabab vafot etdi

Olam

image

Kecha, 5 sentyabr kuniTurkiston viloyatining Kazig‘urt tumanidagi maktablardan birida sakkizinchi sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsida, futbol o‘yinida vafot etdi, deya xabar beradi Nur.Kz   

O‘quvchilar jismoniy tarbiya darsida futbol o‘ynagan va to‘p uchun kurashda bolalar o‘z sinfdoshlaridan birining ustiga yiqilgan. Bola esa bu holatda og‘ir yaralangan.

Uni tez tibbiy yordam mashinasi bilan kasalxonaga olib ketishgan. Biroq, shifokorlar yosh bemorning hayotini saqlab qola olmadi. U operatsiya stolida vafot etdi. 

Ta’kidlanishicha, bola oilada eng kichigi bo‘lgan. Politsiya va prokuratura xodimlari voqeaning barcha holatlarini tekshirmoqda.

Mamlakat Ta’lim va fan vazirligiga ko‘ra,  maktab ma’muriyatiga nisbatan rasmiy tergov olib borilmoqda.

Vazirlik marhum talabaning oilasiga hamdardlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol turkistonlik

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing