Turk futbolida yana mojaro. Bu safar o‘yin birinchi taymda to‘xtatildi (video)

Sport

image

Turkiya Superligasi doirasida kecha, 9 fevral kuni “Rams Park” stadionida bo‘lib o‘tgan “Galatasaroy” - ”Adana Demirspor” o‘yinida mehmonlar birinchi taymning yarmida uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvda adanaliklar o‘yin paytida hakamning qarorlaridan norozi bo‘lib, to‘satdan bahsni davom ettirishdan bosh tortdi va maydonni tark etdi. Aniqrog‘i, 12-daqiqada Morata penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. Shundan keyin “Adana Demirspor” murabbiyi shogirdlarini yig‘ib, futbolchilarni kiyinish xonasiga olib chiqdi. Hakam esa o‘yinni to‘xtatish kerakligini e’lon qildi.

Bu holatga “Fenerbaxche” klubi rasmiy munosabat bilan chiqdi.

“Noqonuniy shartnomalaringiz, qora bozor chiptalari va kelishilgan o‘yinlaringiz bilan davlatimiz va Turkiya futbol federatsiyasini tabriklaymiz. Manipulyatsiya qilingan OAV xodimlaringiz va norasmiy bayonotlaringiz bilan jamoatchilikni, yillar davomida simulyant futbolchilaringiz bilan hakamlar va futbol muxlislarini chalg‘itishda davom eting. Ishonch va adolat qolmadi. Lekin har doimgidek eng begunoh va jabrdiyda o‘zingiz. Turk futboliga shunchalik zarar keltirganlaring bilan tabriklaymiz”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, 2024 yilning 4 noyabrida Turkiya Superligasi doirasida “Trabzonspor” - “Fenerbaxche” o‘yinida muxlislar “Fenerbaxche” futbolchilari va murabbiyini “buyumlar yomg‘iri” bilan siylagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Galatasaroy Turkiya Superligasi Adana Demirspor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing