Shomurodov mutlaq to‘purarga aylanib oldi

Sport

image

Kecha, 7 noyabr kuni Turkiya Superligasi 12-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” “Genchlerbirligi” klubi maydoniga safar  qildi. Uchrashuvda istanbulliklar 1:2 hisobida imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.  Mehmonlar tarkibidagi yagona golni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eldor Shomurodov kiritdi. Bu gol bilan Shomurodov Turkiya Superligasidagi mutlaq to‘purarga  aylanib oldi.

Shomurodov ushbu bahsda to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi va uchrashuvning 46-daqiqasida gol urib, uchrashuvdagi muvozanatni tikladi, biroq  53-daqiqada mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi va yakunda g‘alabani saqlab qolishga erishdi. Shomurodovning bu goli  chempionat doirasidagi ketma-ket 3-o‘yindagi goli bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosi Abbos Fayzullayev esa jarohati sabab o‘yinda ishtirok eta olmadi.

“Sofascore” nashri Shomurodovning ushbu o‘yindagi harakatlarini 7 ball bilan baholadi.

Ayni damda Eldor Shomurodov 8 ta gol bilan Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib oldi. Shomurodov keyin “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu ham 7 ta gol bilan 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Fenerbahche” futbolchisi Yussef En-Nesiri va “Galatasaray” forvardi Mauro Ikardi esa 6 tadan gol bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasida hozirda “Galatasaray” 29 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Fenerbahche” 25 ochko bilan ikkinchi, “Trabzonspor” 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda. “Bashakshexir” esa 13 ochko bilan 10-pog‘onada joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi “Istanbul Bashakshehir”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing