Turizm kompaniyalari uchun imtiyozlar 2021 yil so‘ngiga qadar uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  farmonga ko‘ra, turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va preferensiyalar muddati 2021 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirildi.

Farmon bilan turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirildi.

Kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekistonda tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida 5 kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia- va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash belgilandi.

Turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi sub’ektlar bo‘yicha:

•    yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish;
•    ular tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilandi.

Avvalroq, mazkur farmonga muvofiq o‘zbekistonliklar qator bayramlarda qatorasiga uch kun dam olishi belgilangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

turizm

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing