Turizm qo‘mitasi qayta tashkil etildi. Umid Shodiyev rais etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi qayta tashkil etildi. Qo‘mitaga yangi rahbar tayinlash bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori qabul qilindi

Qayd etilishicha, Prezident qarori bilan Umid Rustamovich Shodiyev Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Ta’kidlash joizki, u bungacha O‘zbekistonning UNESCO huzuridagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 iyul kuni O‘zbekistonda bir nechta tayinlovlar amalga oshirildi. Xususan, avvalroq Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlandi va turizm sohasi uning nazoratidan chiqarildi. Shuningdek, bugunning o‘zida Nukus shahriga yangi hokim va Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm qo'mitasi rais

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing