To‘ra Bobolovga tegishli ekani aytilayotgan haqoratlarga to‘la audio tarqaldi
Jamiyat
−
18 avgust 2022
30679Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va Angor tumani prokurori o‘rtasidagi suhbat ekani aytilgan audioyozuv tarqaldi.
Audiodan anglashilishcha, prokuror davlat byudjetini talon-toroj qilishda gumonlangan tashkilot xodim yoki rahbarlarini so‘roq qilish uchun tergovga jalb qilgan. Holat bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazish haqida buyruq berilgan.
Suhbat davomida prokuror bo‘sh kelmagach, hokim uni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qila boshlagan. Ammo huquq himoyachisi ham bo‘sh kelmay, hokimga javob qaytargan va u tergovga tortgan shaxs davlat pulini talon-toroj qilganini aytgan.
“Itaraman, menga g‘o‘ddayma sen, ey jo‘ra yoqmayotgan bo‘lsa ket n****y, senga o‘xshaganlarni tiqib yuboraman tushundingmi?
Sen meni sovunimga kir yuvmabsan, “** tvoyu mat” s****n, n****y”, deya hokim prokurorni haqoratlagan.
Shundan so‘ng, To‘ra Bobolov ekani aytilayotgan shaxs Angor tumani hokimi Shohjahon Abdullayevga bo‘lib o‘tgan holat sabab tuman prokurori javobgarlikka tortilishini aytgan.
Holat bo‘yicha hozircha na hokimlik, na prokuratura organlari rasmiy munosabat bildirmadi.
LiveBarchasi