To‘ra Bobolov deputatlikka nomzodning nomini ro‘yxatdan o‘chirgan...mi?

Jamiyat

image

Ma’lumki,  joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Bugun, 4 dekabr ijtimoiy tarmoqlarda deputatlikka nomzodlar hokimlik aralashuvi va bosimi ostida tanlanayotgani haqida xabar tarqatilib, bunga misol tariqasida Surxondaryo viloyati hokimligidagi holat keltirilgan.

Termiz shahrida yashovchi fuqaro Xursand Rustamovna Ko‘chayeva hokimlik uning nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirgani to‘g‘risida post joylashtirdi. Ushbu xabarga Surxondaryo viloyati hokimligi quyidagicha munosabat bildirdi: 

“Yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra, endilikda faqat siyosiy partiyalargina Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega.

Mahalliy hokimliklar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat tashkiliy jihatdan ko‘maklashadi xolos. 

Shu nuqtai nazardan, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar to‘g‘risida ma’lumot so‘ramagan, nomzod ko‘rsatish jarayoniga umuman aralashmagan.

Ushbuni inobatga olib, Surxondaryo viloyati hokimligi  To‘ra Bobolovning Xursand Ko‘chayeva nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risidagi xabarni rad etib, saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Saylov kodeksida nazarda tutilgan tamoyillarga og‘ishmay amal qilish chora-tadbirlarini belgilaganligini ma’lum qiladi”. 


Maqola muallifi

Teglar

Saylov To'ra Bobolov

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing