Tuproqqal’a tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
07 noyabr 2023
5736Akmal Jimalyazov Ortiqovich Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Akmal Jimalyazov xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Tuproqqal’a tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. U mazkur tayinlovga qadar Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Aytish joiz, Jimalyazov joriy yilning 1 aprelidan beri Tuproqqal’a tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Shuhrat Ahmedovning o‘rnini egalladi. Ahmedov esa avvalroq viloyatning Qo‘shko‘pir tumaniga hokimi etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oybek Xolboyev Xorazm viloyatining Shovot tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.