Tuproqqal’a hokimligi “zamhokim” va IIB mas’uli noqonuniy ov qilgani yuzasidan munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonning Tuproqqal’a tumani hokimi o‘rinbosari va IIB mas’ul xodimi noqonuniy ov uyushtirgani va chegara hududida bo‘lish qoidasini buzgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur xabarlarga Tuproqqal’a tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 oktyabr kuni tungi soat 02:00 larda 9203-xarbiy qism chegara xodimlari bilan viloyat Ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan egologik nazorat tadbiri davomida Xorazm viloyatining Turkmaniston bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumani, “Tuproqqal’a” mahallasi chegara oldi hududida 4 nafar fuqaro chegara oldi xududlarida bo‘lish rejimini xamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzib, noqonuniy ov qilishib, bir dona yovvoyi to‘ng‘izni ovlaganliklari aniqlangan. Ulardan 6 ta ov quroli, 105 ta o‘q-dori va 4 ta qarmoq ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tungi reyddda 4 emas, 8 kishi ushlanganini ma’lum qilgandi. Ularning ikki nafari hokim o‘rinbosari va IIB mas’uli bo‘lgan bo‘lsa, qolgan ikki kishi qayerga ketgani noma’lum.

Yana o‘sha hokimlik munosabatida ta’kidlanishicha, taxminan tungi soat 02:30 larda Tuproqqal’a tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Jahongirovich Shomuratov va IIB xodimi “Tuproqqal’a” mahallasidagi ekin maydonlarida, sholi hosili yig‘im terimini nazorat qilib yurgan bo‘lgan.

Shunda qo‘qqisdan chegara xodimlari ov qilib yurgan fuqarolarni ushlab turganligini ko‘rib, chegara xodimlariga yordam berish maqsadida borgan. Ammo 9203-sonli harbiy qism chegara xodimlari ularni ham chegara postiga olib borib, chegara zonasiga kirish qoidasini buzganliklari haqida ma’muriy bayonnoma tuzilib sud jarayoniga tegishli xujjatlar bilan taqdim qilingan.

Tuproqqal’a tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari 19 oktyabrda o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimda 2020 yil 23 apreldan beri ishlab kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ov Tuproqqal'a

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing