Prezident Xorazmda arzon avtomobil ishlab chiqarilishini e’lon qildi
Jamiyat
−
02 may 13980 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanidagi “Damas” zavodi bo‘yicha katta yangilikni aytdi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi. Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.
Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarishni boshlash, 2027 yilda to‘liq siklga o‘tib, mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish topshirildi.
Shuningdek, Slovakiya kompaniyasi Tuproqqal’aga 10 million dollar kiritib, 500 gektar qumli yerni o‘zlashtirishni boshladi. Ushbu investor 170 million dollar hisobiga yana 4,5 ming gektar qumli yerni foydalanishga kiritib, raps o‘simligini ekish va undan bioetanol ishlab chiqarishni reja qilgan. Mas’ullarga bu loyiha uchun zarur ko‘makni ko‘rsatish topshirildi.
Live
Barchasi