Tunis Prezidenti vafot etdi
Olam
−
25 iyul 2019 6578 1 daqiqa
Bugun, 25 iyul kuni Tunis Prezidenti Al-Baji Gaid as-Sebsi mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda vafot etdi. Bu haqda Prezident ma’muriyati bayonotida ma’lum qilindi.
Siyosatchi 92 yoshda bo‘lgan.
“Bugun, 25 iyul kuni Tunisdagi harbiylar shifoxonasida respublika Prezidenti Al-Baji Gaid as-Sebsi vafot etdi”, deyiladi Prezident ma’muriyatining bayonotida.
Oxirgi oylarda Tunis Prezidenti sog‘ligidagi muammolar sabab bir necha marta shifoxonaga yotqizilgandi. U 2014 yildan beri mamlakat Prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart