JCHda ishlagan murabbiy 19 kun ichida terma jamoadan ketdi

Sport

image

Fransiyalik murabbiy Erve Renar 19 kunlik ish faoliyatidan so‘ng Tunis milliy terma jamoasi bosh murabbiylik lavozimini tark etdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Renar Tunis terma jamoasini joriy yilning 16 iyun kuni, guruh bosqichidagi ilk uchrashuvdan keyin qabul qilib olgan edi. O‘sha bahsda jamoa Shvetsiyaga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Uning o‘rnigacha ishlagan Sabri Lyamushi esa Jahon chempionati tarixida atigi bitta o‘yindan keyin iste’foga chiqarilgan ilk bosh murabbiy sifatida qayd etildi.

“Jamoani tark etishdan avval, menga 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini bergani uchun Tunis futbol federatsiyasiga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Tunis sharafini himoya qilish va bu unutilmas tajribani boshdan kechirish men uchun katta sharaf bo‘ldi”, deb yozdi Renar.

Renar boshchiligida Tunis terma jamoasi Yaponiyaga 0:4, Niderlandiyaga esa 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, “F” guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi.

57 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Zambiya, Angola, Kot-d’Ivuar, Marokash va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalarini boshqargan. U 2012 va 2015 yillarda mos ravishda Zambiya va Kot-d’Ivuar bilan Afrika Millatlar Kubogida chempionlikka erishgan. Shuningdek, u 2018 yilgi Jahon chempionatida Marokashni, 2022 yilgi mundialda esa Saudiya Arabistonini boshqargan. Renar Saudiya Arabistonini 2026 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan bo‘lsa-da, turnir boshlanishiga ikki oydan kam vaqt qolganda o‘z lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing