Yaponiya Tunisni yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 21 iyun 2026 yilgi Jahon chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan Tunis va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Uchrashuvda Yaponiya terma jamoasi 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Meksikaning Gvadalupe shahrida bo‘lib o‘tgan bahsni ruminiyalik hakam Ishtvan Kovach boshqarib bordi.

Hisob o‘yinning 6-daqiqasida yarim himoyachi Daiti Kamada tomonidan ochildi. 31-daqiqada hujumchi Ayase Ueda yaponlarning ustunligini ikki baravarga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham Osiyo vakillari tashabbusni qo‘ldan bermadi. 69-daqiqada Junya Ito jamoasining uchinchi golini kiritdi. Uchrashuvga nuqtani esa 83-daqiqada Ayase Ueda qo‘ydi va dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa, Yaponiya Tunisni 4:0 hisobida mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “F” guruhining birinchi turida Tunis Shvetsiyaga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Yaponiya esa Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan.

Jahon chempionatining guruh bosqich bahslari 11 iyundan 27 iyunga qadar davom etadi. Har bir jamoa uchtadan o‘yin o‘tkazadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni band etgan eng yaxshi sakkizta terma jamoa yo‘llanma oladi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing