Tunda 101 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 nafarga oshib, 41994 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    83 nafari Toshkent shahrida;

•    14 nafari Toshkent viloyatida;

•    4 nafari Xorazm viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 45 yoshli B.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 39275 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2397 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

207

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing