Tumanida go‘sht ta’minotini o‘nglamagan hokimlar “uchadi” – Prezident topshirig‘i

Jamiyat

image
Birorta rahbar aholiga qancha go‘sht, tuxum va sut mahsulotlari kerakligini bilmaydi – Prezident north_east

Birorta rahbar aholiga qancha go‘sht, tuxum va sut mahsulotlari kerakligini bilmaydi – Prezident

Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarining ayrim tumanlarida aholini go‘sht bilan ta’minlash darajasi 40 foizga yetmasada, ushbu tuman hokimlari 2022 yilda aniq loyihalarni ishga tushirishni reja qilmagan. Bu haqda bugun, 16 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligi huzuridagi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, respublika bo‘yicha har 2 kishiga o‘rtacha 1 ta qoramol to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich Namangan, Farg‘onada 4 kishiga 1 ta, Toshkent viloyati va Surxondaryoda 3 kishiga 1 tani tashkil etmoqda.

Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan va Surxondaryoda yirik chorvachilik xo‘jaliklarining soni qolgan hududlarga nisbatan 1,5-2 baravar kam.

Shuningdek, Chortoq, Narpay, Urgut, Oltinsoy, O‘rtachirchiq va Urganch tumanlarida aholini go‘sht bilan ta’minlash darajasi 40 foizga yetmasada, ushbu tuman hokimlari 2022 yilda aniq loyihalarni ishga tushirishni reja qilmagan.

Shu sababli, viloyat hokimlariga bir oyda o‘zgarish qilmagan tuman hokimlarini ishdan olish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i berildi.


Maqola muallifi

Teglar

oziq-ovqat

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing